Ushr va oshir, xiroj masalalari

Ushr va oshir, xiroj masalalari

Yerlar 2 ga bo‘linadi: 1-Ushr yerlari va 2 – Xiroj yerlari. Avvalo ushr haqida so‘z yuritamiz. Alloh An’om surasi, 141 – oyatida, shunday marhamat qilgan.

ﻮ ﺀﺍﺘﻮ ﺍﺤﻘﻪ ﻴﻮﻢ ﺤﺻﺎﺪﻩ ﻮ ﻻ ﺘﺴﺮﻔﻮﺍ ﺇﻨﻪ ﻻ ﻴﺤﺏ ﺍﻠﻤﺴﺮﻔﻴﻦ
“Va uning haqini hosilini yiqqan kuni bering. Isrof qilmang. Chunki u zot isrofchilarni yaxshi ko‘rmas. 
Ushbu oyatda Alloh ziroat ekinlari hosilini yiqqan kunda haqini - zakotini berishga amr qilmoqda. Yana Alloh taolo “Baqara surasi”da shunday marhamat qilgan: 
"Ey imon keltirganlar kasb qilgan pok narsalaringizdan va sizga yerdan chiqarib bergan narsalarimizdan infoq qilinglar”.
Bu oyatlar ziroat boyliklaridan zakot berish farz ekanini bildiradi. 
ﻋﻦ ﺟﺎﺑﺮ ﺮﺿﻰ ﺍﷲ ﻋﻧﻪ ﻘﺎﻞ ﺍﻟﻧﺑﻰ ﺼﻞ ﺍﷲ ﻋﻟﻴﻪ ﻭ ﺴﻟﻡ ﻔﻴما ﺴﻘﺖ ﺍﻟﺴﻤﺎﺀ ﻭ ﺍﻷﻨﻬﺮ ﻭ ﻟﻌﻴﻭﻦ ﺍ
ﻭ ﻜﺎﻦ ﺒﻌﻼ ﺍﻟﻌﺸﺮ ﻭ ﻤﺎ ﺴﻗﻰ ﺒﺎ ﺍﻟسوﺍﻨﻰ ﻭ ﺍﻟﻨﺿﺢ ﻨﺼﻒ ﺍﻟﻌﺸﺮ
“Osmon, anhorlar, buloqlar yoki tomiridan suv ichganlaridan ushr. Suv chiqaruvchi hayvonlar va suv chiqaruvchi asboblar ila sug‘orilganlaridan ularning yarmi” deyilgan.
Islom ummati ziroat boyliklaridan zakot (ushr) yoki ushrning yarmini chiqarish farzligiga doimo ijmo’ qilgan. Ushr chiqarishdagi ixtiloflarni keltirib o‘tamiz. 
1 – Qanday ekinlardan ushr chiqariladi. 1- Ibn Umar (r.a) va yana bir guruh salaflar: Bug‘doy, arpa, xurmo va mayizdan boshqa ekinlardan ushr chiqarilmaydi, deganlar. 
2- Molikiy (r.a) va Shofiiy (r.a), “Odamlarga qut bo‘ladigan va saqlash mumkin bo‘lgan ziroat mahsulotlaridan zakot beriladi, boshqalaridan berilmaydi”, deganlar. Yong‘oq, bodom, pista, kabi narsalar oddiy hollarda qut hisoblanmaydi. Shuningdek, olma, anor, nok, shaftoli, poliz ekinlari va shunga o‘xshash ko‘p tursa aynib qoladigan mahsulotlardan ham zakot olinmaydi, deganlar.
3 – Imom Axmad ibn Hanbal (r.a) har bir quritiladigan, bir muddat boqiy qoladigan va yeyiladigan narsadan zakot olinadi, lekin bular poliz ekinlari hamda turmaydigan mevalardan zakot olinmaydi deb oldingilaridan kengroq olganlar. 
4 – Abu Hanifa (r.a) yerdan chiqqan har bir narsadan zakot olinadi. Bu zot o‘zlariga yuqoridagi 2 oyatni dalil qilib, “Alloh birini aytib, boshqasini ajratmagan”, deydilar. Yana yuqorida Rasululloh (s.a.v) hadislarini dalil qilib u zot ham “qut bo‘ladigan, bo‘lmaydigan yoki qurimaydigan, quriydigan” demaganlar. Abu Hanifa (r.a) mazhablarini dalil va aql tomonidan ham mantiq va voqe’lik tomonidan ham, ko‘pchilik ulamolar qo‘llab-quvvatlashgan. Ular barcha ziroat mahsulotlaridan zakot berish zarurligini aytishgan. 
2 – Ixtilof ziroat mahsuloti nisobi. 1 – Abu Hanifa (r.a) ziroat mahsulotlarini ozu – ko‘pidan ushr olinadi deganlar. Bunga u zot Rasulullohning (s.a.v): 
ﻟﻤﺎ ﺃﺨﺮﺟﺖ ﺍﻷﺮﺾ ﻔﻔﻴﻪ ﺍﻟﻌﺸﺮ ﻤﻥ ﻏﻴﺮ ﻔﺼﻝ
“Yerdan chiqqan mahsulotlardan ushr beriladi. Uning qanday mahsulotligi ajratilmaydi” deganlar. 
Bu gapni Ibrohim Naxaiy, Ato ibn Abu Raboh, Umar ibn Abdulaziz va boshqalar ham aytgan. 
2 – Imom Abu Yusuf (r.a) va Imom Muhammad (r.a) va jumhur ulamolari ziroat besh vasaq bo‘lsa undan zakot beriladi, kamida berilmaydi deganlar. Bunga ular Rasulullohning(s.a.v):
ﻟﻴﺲ ﻔﻴﻤﺎ ﺪﻮﻦ ﺨﻤﺴﺔ ﺃﻮﺴﻖ ﺻﺪﻗﺔ
“Besh vasaqdan kam mahsulotda sadaqa yo‘qdir”: deganlar.
Bir vasaq 60 so’dir. Shu o‘rinda mavzudagi miqdorlarni keltirib o‘tamiz. 1 so’ Imom A’zam (r.a) va Iroq faqihlari nazdida - 3,800 g, Imom Shofiiy va Hijoz faqihlari nazdida – 2,751 g 1 man – 900 g. 1-haml – 300 man. 1- qirab – 5 man. 1 ratl – 450 g. 1 faraq – 36 ratl. 1 vasaq – 60 so’. 5 vasaq – 300 so’.
Yana bir xilof ko‘katlardan ushr berish haqidadir. Imom A’zam (r.a) yuqoridagi hadisni dalil qilib, “Ko‘katlardan ushr beriladi” deganlar. Bunga Imom Muhammad (r.a) va Imom Abu Yusuf (r.a) lar xilof qilib, “Ko‘katlarda ushr yo‘q” deganlar, Bunga ushbu hadisni dalil keltirganlar:
ﻟﻴﺲ ﻔﻰ ﺍﻟﺨﺿﺭﻮﺍت ﺻﺪﻗﺔ
“Ko‘katlarda sadaqa yo‘qdir.
Buni Imom Abu Hanifa (r.a) “Sadaqa, maxsus sadaqa yig‘uvchilar oladigan sadaqa”dir deb ta’vil qilganlar. 
Hanafiy mazhabi bo‘yicha vaqf yerlaridan chiqqan ziroat mahsulotlaridan ham zakot olinadi. Ijaraga berilgan yerdan chiqqan mahsulotlardan ushrni Hanafiy mazhabi bo‘yicha ijaraga beruvchi ajtatib berishi lozim. 
4 Xilof asalda, asaldan ham ushr olinadi: Chunki Rasululloh (s.a.v): 
ﻋﻦ ﺍﺑﻦ ﻋﻤﺭ ﺮﺿﻰ ﺍﷲ ﻋﻧﻪ: ﻋﻦ ﺍﻟﻧﺑﻰ ﺼﻞ ﺍﷲ ﻋﻟﻴﻪ ﻭ ﺴﻟﻡ ﻗﺎﻞ: ﻔﻰ ﺍﻠﻌﺴﻞ ﻔﻰ ﻜﻝ ﺃﺯﻖ ﺯﻖ
“Asaldan har 10 meshchadan, 1 meshcha ” dedi.
Ya’ni ushrni olinishini Imom A’zam (r.a) va Hanbaliy (r.a) mazhabi ulamolari aytishgan. Asal o‘simlik va daraxtlarning gulidan olinadi, uni yeyish ham, saqlab qo‘yish ham mumkin. U mulk bo‘ladi. Daromad keltiradi. Boshqalar asaldan zakot olinishi haqida sobit habar yo‘q deganlar. Asal hayvon suyuqligi bo‘lib, xuddi sutga o‘xshaydi. Sutdan zakot olinmagandek, asaldan ham zakot olinmaydi, deydilar. Ulamolar Hanafiy va Hanbaliy mazhablari dalili kuchli, asaldan ushr olinadi deydilar. Asalning nisobi ham 5 vasaq 53 kg bo‘ladi. 
Asalga qiyos qilinib hayvonot mahsulotlaridan ham ushr olinadi. Bular sut va sut mahsulotlari, pilla, tovuq, tuxum hisoblanadi. Shariatdan o‘zidan zakot olingan narsaning mahsulotidan zakot olinmaydi, o‘zidan zakot olinmagan narsaning mahsulotidan zakot olinadi. Shu qoidaga ko‘ra yerdan zakot olinmaydi, ammo undan chiqqan narsadan ushr olinadi. Yaylovda boqilgan sigirdan zakot olinadi, uning mahsulotidan ushr olinmaydi. Qo‘rada boqilgan sigirdan zakot olinmagandan keyin, uning mahsulotidan ushr olinadi. Tuxum va pilla ham shunga qiyos. Tabiiy suv bilan sug‘oriladigan ekinlardan ushr: 101 olinadi. Ammo charxpalak, hayvon, yo boshqa narsalar ishlatilgan bo‘lsa, bu ekinzordan ushrning yarmi 201 olinadi. 
2-Xiroj yerlari quyidagilar. Musulmonlar o‘sha yer ahli bilan urush qilib, egallagan, lekin bo‘lib bermay, musulmonlarning umumiy mulki deb e’lon qilingan yerlar. Iroq, Ahvoz, Fors, Kirmon, Isfahon, Misr, Mag‘rib, yerlari xiroj yerlari bo‘ladi. Yoki musulmonlar bilan o‘sha yerlarning ahli orasida sulh tuzilgan bo‘ladi. Najron, Davmatul Jandal, Fadk, Armaniston, Hurosonga o‘xshash xiroj yerlari ahdnoma orqali kishilarga beriladi va ular har yili ma’lum miqdorda Islom davlatiga haq berib turadi. Davlat bu mablag‘ni askar va xizmatchilar maoshi uchun ishlatiladi. Yana sharoitga qarab boshqa yo‘llarga ham ishlatiladi. 
Xiroj 2 qism: Muqosama va Muvazzafadan iborat. Xiroji muqosama 41 yo shunga qilib belgilab qo‘yiladi.Chiqqan ekinni yarmini olish toqatning oxiridir. 
Muvazzafa xuddi Umar (r.a) Savod qishlog‘iga qo‘yganga o‘xshash bo‘ladi. O‘shanda 16 sotix bug‘doy yo arpaga 1 so’ va 1 dirham qo‘yilgan edi boshqa narsalar ham shunga o‘xshash. Bir xirojiy yerdan suv uzilib qolsa yo ofat yetsa, yo suv bossa xiroj berilmaydi. Agar yer yegasi qasdan bo‘sh qoldirsa, xiroj vojib bo‘ladi. Xirojiy yerni musulmon sotib olsa, yo egasi Islomga kirsa xiroj qolaveradi. O‘lik yer tiriltirilsa, yaqinidagi yer e’tibor qilinadi. Hanafiy mazhabi ulamolari xirojiy yerga xirojdan keyin ushr berilmaydi deganlar. Jumhur ulamolari esa xiroj berilgandan keyin, ushr chiqariladi deganlar.

13 Iyun, 2018 yil | 6380