O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va “Vaqf” xayriya jamoat fondi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov va “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi rahbari Isoxon Abdullayev ishtirok etdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari haqida so‘z yuritildi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etilgan edi. O‘tgan yillar davomida fond tomonidan ko‘plab xayr va saxovat tadbirlari amalga oshirildi. Fond o‘z oldiga diniy ta’lim muassasalari, tolibi ilmlar, ustozlar, imom-xatiblar, noib-imomlar, masjidda ishlaydigan xodimlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, nogironligi bo‘lganlar yoki kam ta’minlanganlarga yordam berish, masjid, madrasalarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va diniy-ma’rifiy kitoblarni chop etish, ota-bobolarimiz qoldirgan meroslarni xalqqa yetkazish kabilarni maqsad qilgan.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va “Vaqf” xayriya jamoat fondi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
25 Dekabr, 2023 yil | 114