“IFTORLIK QILING VA MANZILINGIZGA ESON-OMON YETIB OLING”

Iftorlik mahali boʻlib qoldi, lekin siz hali ham yoʻldasiz. Manzilingizga yetib borolmayapsiz. Shunday payti savobtalab yurtdoshlarimiz tomonidan yoʻllarda, chorrahalarda tashkil etilayotgan iftorliklar ayni muddao boʻlmoqda.

“Vaqf” xayriya jamoat fondining Fargʻona viloyati filiali xodimlari ham ana shunday savobli ishlarni doimiy ravishda tashkil etib kelishmoqda. Yaqinda ham saxovatli homiylar tomonidan yigʻilgan “Iftorlik hadyalari” jamlanmalari filialning fidoiy volontyorlari tomonidan iftorlik payti yoʻllarda piyoda, turli vositalar orqali harakatlanayotgan 400 nafardan ziyod roʻzadorga tarqatildi.

Saxovatli va joʻmard yurtdoshlarimizdan Alloh rozi boʻlsin!

“IFTORLIK QILING VA MANZILINGIZGA ESON-OMON YETIB OLING”
2 Aprel, 2024 yil | 49