XADICHAI KUBRODA IFTORLIK

Ayni kunlarda koʻplab hududlarda boʻlgani kabi, islom bilim yurtlari, madrasalarida ham fond tomonidan iftorliklar tashkil etib kelinmoqda. Yaqinda fondning Toshkent shahar filiali tomonidan saxovatli yurtdoshlarimiz, homiylarni jalb etgan holda ana shunday iftorlik oʻtkazildi. Poytaxtimizda joylashgan Xadichai Kubro ayol-qizlar oʻrta maxsus islom bilim yurtida yozilgan 150 kishilik iftorlik dasturxoniga ustozlar va talabalar taklif etildi.

XADICHAI KUBRODA IFTORLIK
2 Aprel, 2024 yil | 47