"Vaqf" fondi "Hidoya" o'rta maxsus islom bilim yurtida tahsil olayotgan tolibi ilmlarga Qur'oni karim taqdim etdi

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Kim islomni tiriltirish uchun ilm o'rganayotganida vafot etsa jannatda u bilan Payg'ambarlar orasida bir daraja qoladi. (Dorimiy va ibn Sunniy Hasan holda rivoyat qilishgan)

 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi Namangan viloyatida tashkil etilgan "Muruvvat karvoni" aktsiyasi doirasida diniy ma'rifiy ilmlarni puxta o'zlashtirib el-yurt kelajagiga hissa qo'shishni shuningdek oxiratda ham Nabiy sollallohu alayhi vasallam bashorat qilgan darajaga yetishni niyat qilgan "Hidoya" o'rta maxsus islom bilim yurtida tahsil olayotgan tolibi ilmlarni rag'batlantirish maqsadida ta'lim dargohiga tashrif buyurdi. Fond rahbari Iskandar Xalilov madrasaning barcha talabalariga Qur'oni karimning "Hilol nashr" nashriyotida chop etilgan nushalaridan har birlariga alohida taqdim etib, fond doimo iqtidorli talabalarni rag'batlantirishga shay ekanligini ta'kidlab o'tdi. "Agar qaysiki talaba mingta hadisni yoddan aytib bersa yoki Qur'oni karimni to'liq yod olgan bo'lsa bir yillik shartnoma puli fond tomonidan to'lab beriladi va moddiy rag'batlantiriladi" deya ta'kidlab o'tdi I.Xalilov.


Aziz saxovatpesha vatandoshlar "Vaqf" xariya jamoat fondi sizlarni kelajagimiz ravnaqi va payg'ambarlarning merosxo'rlari bo'lgan tolibi ilmlarni qo'llab quvvatlashda fond bilan hamkorlik qilishga chorlab qoladi. Unutmang "Vaqf" fondi xayru ehsonlaringizni o'z egalariga topshirishda shaffoflik va ochiqlikni kafolatlaydi.

 

 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

21 Iyun, 2019 yil | 1750