"Vaqf" fondi islom bilim yurti bitiruvchilariga Qur'oni karim sovg'a qildi

Joriy yilning 13 iyunь kuni “Ko'kaldosh” nomli o'rta maxsus islom bilim yurtida 2018-2019 o'quv yili bitiruvchi talabalarining “XATMONA – 2019” bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

 

Bayramona tadbirga Din ishlari bo'yicha qo'mitasi, O'zbekiston musulmonlari idorasi, "Vaqf" xayriya jamoat fondi mas'ullari hamda talabalarning ota-onalari tashrif buyurdilar.

 

Tadbirda so'zga chiqqanlar talabalarga o'zlarining hayot tajribalaridan misollar keltirib bitiruvchi talabalarga kelgusi hayot yo'llarida muvaffaqiyatlar tilab, kelajakda o'qishlarini davom ettirish uchun omadlar tiladilar.

 

Bitiruvchi talabalarning har biriga "Vaqf" xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar Xalilov tomonidan 41 dona Qur'oni karim tuhfa etildi.


Tadbir so'ngida bilim yurti talabalari tomonidan o'qilgan xatmi Qur'on tilovat qilinib, o'tganlar ruhlariga bag'ishlandi. Barcha tadbir qatnashchilari bayram dasturxoniga taklif qilindi.

"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

15 Iyun, 2019 yil | 556