"Vaqf" fondi Bo'kada to'ybolalarga sovg'alar ulashdi

"Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan joriy yilning 7 iyunь kuni Toshkent viloyati Bo'ka tumanida "To'ylar" aktsiyasi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari uchun sunnat to'yi tashkil etildi. Ushbu xayriya tadbirida Fond boshqaruv rahbarining birinchi o'rinbosari Z.To'rayev ishtirok etdi.

 

To'ylari bo'layotgan 6 nafar to'ybolalarga Fond tomonidan velosipedlar topshirilgan. Bundan tashqari, xayriya tadbirida ishtirok etgan nogironligi bo'lgan bolalarga nogironlik aravachalari ham yetkazib berildi. 


Alloh taolo muhtojlarga yordam qo'lini cho'zayotgan sahovatpesha insonlarga ajrini ko'paytirib bersin!

"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

12 Iyun, 2019 yil | 1171