"Vaqf" fondi 25 ta xonadonga go‘sht tarqatdi

"Vaqf" xayriya jamoat fondi xayriya tadbirlarini davom ettirmoqda. Joriy yilning 26 iyun kuni fond tomonidan saxovatpesha homiylar bilan hamkorlikda, 6 bosh qo‘y so‘yilib, Toshkent shahridagi "Hazrati Imom" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 25 nafar kam ta’minlangan va ijtimoiy ko‘makka muhtoj xonadonlarga tarqatildi. 

 

Alloh taolo «Inson» surasida xayrli ishlarni qiluvchi abror bandalarning sifatlari bayonida aytadi: 

«O‘zlari taomni yaxshi ko‘rib tursalar ham, uni miskin, yetim va asirlarga berarlar» (8-oyat).

 

Muhammad ibn Munkadirdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 

«Mag‘firatni vojib qiladigan narsalardan biri musulmonning och kishiga taom berishidir», dedilar». 

 

Mazkur oyat va hadisga amal qilib Alloh taoloning marhamatiga dohil bo‘lishni niyat qilgan vatandoshlarimizni "Vaqf" fondi bilan hamkorlik qilishga chorlab qolamiz!

Unutmang biz sizning xayriyalaringizni haqdorlarga yetkazishdagi shaffoflik va ochiqlikni kafolatlaymiz!

 

 

 

 

 

 

 

 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi matbuot xizmati

27 Iyun, 2019 yil | 1039