Vaqf saxovati yana bir bemorga quvonch ulashdi.

Hadisi sharifda keltirilishicha "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taologa farzlardan keyingi eng sevimli amal musulmonning qalbiga xursandchilik kirgizishdir», deya ta’kidlab musulmonlarni bir-birlariga yaxshilik qilishga da’vat etganlar.

Ushbu hadisga amal qilib, bemorlar va nochorlar ko‘nglidan xabar olishga ishtiyoqmand bo‘lgan vatandoshlarimiz ko‘magida "Vaqf" xayriya jamoat fondi xodimlari ham fondga murojaat qilgan hamyurtlarimiz holidan muntazam xabar olib ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda. Mana shunday fuqarolardan biri Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidan murojaat qilgan Samadova Umida Mamedovnadir. Turmush o‘rtog‘i Rajabov O‘tkirjon ayni kunlarda Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida jigar sirrozi xastaligi bo‘yicha davolanmoqda. 

 

 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi xodimlari Rajabov O‘tkirjonning dori-darmonlariga oz bo‘lsada yordam bo‘lsin deya moddiy ko‘mak taqdim etdi.

Hurmatli saxovatpesha vatandoshlar, "Vaqf" fondi siz azizlarni ko‘makka muhtoj, nochor insonlar qalbiga quvonch ulashish uchun hamkorlikka chorlaydi. Unutmang har bir yaxshilikning mukofoti albatta yaxshilikdir!

"VAQF" xayriya jamoat fondi matbuot xizmati

9 Iyul, 2019 yil | 1685