"Xadichai Kubro" bilim yurti ustoz va talabalariga ham Mushaflar taqdim etildi

Bugungi kunda Fond tomonidan ayol-qizlarning ta’lim olishlari masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, "Xadichai Kubro" o‘rta maxsus islom bilim yurti talaba qizlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli aksiya va tadbirlar o‘tkazilmoqda. Qoriya qizlarning yetishib chiqishi, ularning ilm olishi yo‘lida ko‘mak beruvchilarning ko‘maklari o‘z o‘rnida ishlatilmoqda.

Bilim yurtida faoliyat yuritib, o‘z ilmini tolibalarga o‘rgatib kelayotgan ustozlariga "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" tuhfasi hamda toliba muslimalarga rag‘bat va qo‘llab-quvvatlash sifatida "Vaqf" xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar Xalilov tomonidan 200 dona Qur’oni karim tortiq qilindi.

vaqf.uz
vaqf.uz
vaqf.uz
vaqf.uz

 

Ustozlar va tolibalar haqqiga Islom ustunini qattiq tutishlari hamda kelajakda qoriya bo‘lib yetishishlarini tilab duoi xayrlar qilindi.

 

Alloh ilm yo‘lida bel bog‘lagan ustozlarimiz va tolibalarimizga sabru jamil ato etsin.

 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi matbuot xizmati

26 Sentyabr, 2019 yil | 2366