Siz bizga keraksiz!

Hazrati Alisher Navoiyning shunday baytlari bor:

 

Kimki bir ko‘ngli buzuqni xotirin shod aylagay,


Oncha borkim Ka’ba vayron bo‘lsa obod aylagay.


Ko‘ngli yarim, dilxasta, hojatmandni xursand qilish, agarchi Ka’ba vayron bo‘lgan bo‘lsa, uni obod qilgandan yaxshiroq savobdir. 

Mazkur ezgu niyatni o‘zlariga shior qilib olgan "Vaqf" xayriya jamoat fondi jamoasi joriy yilning 22 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi hamda viloyat hokimligi bilan hamkorlikda Guliston shahrida viloyatning turli hududlaridan jam bo‘lgan 150 dan ortiq gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan vatandoshlarimizning qalbiga quvonch ulashish maqsadida "Siz bizga keraksiz" xayriya tadbirini tashkil etdi. 

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

Tadbir davomida gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan fuqarolarga sakkiz yarim million so‘mlik oziq ovqat maxsulotlari tarqatildi. Quvonarlisi mazkur tadbir so‘ngida mahalliy tadbirkorlardan biri 200 nafar nogironligi bor bo‘lgan vatandoshlarimizni ish bilan ta’minlashni o‘z zimmasiga oldi.

 

Sahovatpesha vatandoshlarimizni Vaqf fondining aksiyalarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi matbuot xizmati

24 Oktyabr