"Vaqf" fondi tomonidan Qashqadaryodagi madrasa talabalariga 140 dona Mushaf taqdim etildi

"Vaqf" xayriya jamoat fondi bugungi kunda yurtimizda faoliyat yurituvchi islomiy oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari ustoz va talabalarini qo‘llab-quvvatlash, o‘qituvchilarning ilm o‘rgatishi hamda ilm toliblarining ilm olishlarida ko‘mak ko‘rsatish maqsadida ko‘plab xayriya ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Alloh taolo O‘z Kalomi Qur’oni karimda tolibi ilm va olimlarni ulug‘lab shunday marhamat qiladi:

“Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur. Alloh qilayotgan (barcha yaxshi va yomon) amallaringizdan xabardordir”. (Mujodala surasi, 11-oyat).

 

Ilm yo‘lidagi musulmonlarga yordam berish, dinimiz ahkomlarining insonlar ongiga yetib borishida muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan Fond tomonidan homiylar ko‘magida bajarilayotgan ishlar bir daqiqaga bo‘lsada to‘xtab qolgani yo‘q.

 

Joriy yilning oktyabr oyi so‘ngida Fond rahbari Iskandar Xalilov boshchiligida bir guruh xodimlar Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurishdi. 

 

vaqf.uz

 

Dastlab, viloyatning Kitob tumanida joylashgan Xoja Buxoriy nomli o‘rta maxsus islom bilim yurtida ustoz va talabalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Qur’oni karim tilovati bilan boshlanib, unda Fond tomonidan bilim yurti talabalariga 140 dona Qur’oni karim ulashildi.

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

Bundan tashqari, ushbu ta’lim muassasasida ilm o‘rganayotgan 4 nafar talabaning to‘lov-shartnoma pullari to‘lab berilishi haqida ma’lum qilindi.

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Ilm o‘rganinglar. Albatta, ilm o‘rganish Allohdan qo‘rqishdir. Ilmni ta’lim olish ibodatdir. Uni muzokara qilish tasbihdir. Ilm izlash jiddu jahd qilishdir”. (Xatib Bag‘dodiy rivoyat qilgan).

 

Bu singari xayrli ishlar davomli bo‘lishi hamda Fond faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etayotgan sahovatpesha insonlar haqqiga duoi xayrlar qilindi.

 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi mabuot xizmati

28 Oktyabr