Qashqadaryolik oila uchun Fond tomonidan turar joy qurilyapti

"Vaqf" xayriya jamoat fondi tashkil etilganidan buyon bir qancha muhtoj oilalarning uy-joyga ega boʻlishi borasida koʻplab xayrli ishlar homiylar koʻmagida amalga oshirib kelinmoqda. Xonadonlar turli ofatlardan aziyat chekkan va boquvchisini yoʻqotgan oilalar uchun barpo etildi.

 

Shunday xayrli ishlardan navbatdagisi Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilyapti. Homiylar yordamida yangidan qurilayotgan X.Janonovaning xonadoniga Fond rahbari Iskandar Xalilov tashrif buyurib, ushbu oila aʼzosi boʻlgan, kurash boʻyicha Oʻzbekiston chempioni, hozirgi vaqtda umurtqa pogʻonasidagi jarohat tufayli nogiron boʻlib qolgan Sh.Berdiyevning holidan xabar oldi. Fond tomonidan Sh.Berdiyevga nogironlik aravachasi taqdim etildi. Uning haqqiga duoi xayr qilinib, muhtoj insonlar Fond va uning saxovatli homiylari koʻmagi ostida ekanliklari qayd etildi. Ushbu xonadon 20 noyabrga qadar qurib bitilishi koʻzda tutilmoqda.

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

Alloh taolodan xayriyaparvar homiylarimizga muhtoj insonlarga koʻrsatayotgan koʻmaklari uchun ulkan ajrlar berishini soʻraymiz.

 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

30 Oktyabr, 2019 yil | 1282