Alloh yo‘lida vaqf qilingan kitoblar masjidlarga yetkazildi

11 iyul kuni “Masjid va madrasalar uchun kitob aksiyasi” doirasida Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi 15 ta masjidga jami hisobda 18 mln so‘mlik 40 turdagi 735 ta kitob yetkazib berildi.

Masjidlarning har biriga yurtimizda nashr etilgan Qur’oni karim va “Men ham namoz o‘qiyman” kitoblari uch donadan, “Muallimi soniy” va “Odam ato va Momo havo” kitoblari ikki donadan, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub “Qur’oni karim ma’nolar tarjimasi”, “Odoblar xazinasi” to‘plami, “Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sodiq Muhammad Sodiq”, “Baxtiyor oila”, “Ijtimoiy odoblar”, “Islom tarixi” to‘plami, “Amallar niyatga bog‘liq”, “Bozor va unga bog‘liq masalalar”, “Din nasihatdir”, “Folbinlik, sehrgarlik, jin chiqarish ishlarining haqiqati”, “Yengil amallar”, “Zikr ahlidan so‘rang” kitobining 2-qismi, “Hadis va hayot” kitobining 12 ta juzi, “Halol ochiq oydindir, harom ochiq oydindir”, “Mo‘minning me’roji”, “Mo‘minning najoti”, “Mo‘minning qalqoni”, “Mo‘minning umr safari”, “Ochiq xat” kitoblari bir donadan Alloh yo‘lida vaqf mulki qilib berildi.

 

Undan tashqari “O‘kinma”, “Ihyo ulumiddin”, “Qarz”, “G‘iybat o‘zi nima?”, “Qur’on qalblar shifosi” "Yengil amallar" kitoblari ham masjidlarga taqdim etildi.

Aksiyamizning birinchi bosqichida ishtirok etgan, uni targ‘ib qilgan barcha-barchaga minnatdorchilik bildirib qolamiz!

Shu o‘rinda yana bir narsani aytish kerak, masjidlar uchun kitob yig‘ish aksiyasi, bu keng ko‘lamli loyiha bo‘lib, oldimizda hali 2000dan ziyod masjid bor. Ushbu aksiyada yurtimizdagi barcha masjidlarni kitob bilan boyitish maqsad qilingan. Azizlar, Alloh yo‘lida vaqf qilish imkonini qo‘ldan boy bermaylik, Allohning uylarini ilmu ma’rifatga to‘ldiraylik!

Eslatib o‘tamiz, yig‘ilgan mablag‘lar evaziga O‘zbekistondagi barcha masjidlarga Qur’oni karim va shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub diniy-ma’rifiy kitoblar yetkazib berish hamda namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida masjidlarda bepul onlayn kutubxona tashkil etish rejalashtirilgan.

So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):

8600 3104 5763 1232 (Bakiyev Hakim nomida)

Murojaat uchun telefon:

+998974490456 (Temurbek)

+998909074554 (Shavkatbek)

 

 

 

 

12 Iyul, 2018 yil | 2537