“Hilol” nashriyoti kitob aksiyasiga maxsus chegirma joriy qildi

 

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan boshlangan “Masjid va madrasalar uchun kitob” aksiyasiga “Hilol” nashriyoti maxsus chegirma joriy qildi.

O‘tgan juma kuni Farg‘ona viloyatining Quva va Rishton tumanlariga kitob xarid qilish uchun “Hilol” nashriyotiga borganimizda 15 mln so‘mlik emas, balki 18 mln so‘mlik kitob xarid qildik. Nashriyot xodimlarining ma’lum qilishlaricha, nashriyot direktori Ismoilxon Muhammad Sodiq aksiyaga alohida e’tibor qaratib, har qanday kitobni 20 foizlik chegirma bilan berishlikni aytibdilar. Alloh taolo u kishining qilayotgan xayrli ishlarini ziyoda qilsin!

Alloh taologa hamdlar bo‘lsinki, endi biz qancha mablag‘ to‘plasak, to‘plangan mablag‘ga 20 foiz “Hilol” nashriyotidan sovg‘a sifatidatida taqdim etiladi.

Azizlar, aksiyani qo‘llab quvvatlashda davom eting! Alloh taoloning uyi, ya’ni masjidlarni ilm nuriga to‘ldirishga bizga ko‘makdosh bo‘ling!

Eslatib o‘tamiz, yig‘ilgan mablag‘lar evaziga O‘zbekistondagi barcha masjidlarga Qur’oni karim va shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub diniy-ma’rifiy kitoblar yetkazib berish hamda namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida masjidlarda bepul onlayn kutubxona tashkil etish rejalashtirilgan.

So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):

8600 3104 5763 1232 (Bakiyev Hakim nomida)

Murojaat uchun telefon:

+998974490456 (Temurbek)

+998909074554 (Shavkatbek)

“Hilol” nashriyoti kitob aksiyasiga maxsus chegirma joriy qildi
16 Iyul, 2018 yil | 2260