Abdusattorov Abdusalom
Manzili : Toshkent viloyati Qibray tuman Zafarobod QFY Shalola mahallasi Zebo koʻchasi 22 uy
Bog'lanish uchun : Aksiyaga masʼul Z.Turayev tel: +998-90-939-08-09, +998-78-150-64-37
Xayriya yo'nalishi maqsadi :

                                                  Bismillahip Rohmanip Rohiym !

Ushbu aksiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5416 son Farmoniga asosan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash vazifasi bajarilishi yuzasidan oʻtkazilmoqda. Ushbu aksiya doirasida Oʻzbekiston rivojlanishi yoʻlida oʻzining mehnatini va bilimini ayamay Oʻzbekiston yoshlarini ilmli malakali kadr boʻlib yetishib chiqishida oʻz mehnati bilan xizmat qilib kelmoqda.

Toshkent Davlat Agrar Universitetida ilm saboq berib keluvchi domlamiz bugungi kunda shifokorlar tomonidan qandli diabet va onkologik kasalligi tashxisi qoʻyilgan.

Oʻzbekiston malakali shifokorlari tomonidan bir necha bor davolash ishlari olib borilgan.
Lekin ushbu kasallikni davolash uchun Turkiya davlatida aynan mana shunaqa kassallikni davolovchi malakali mutaxassis shifokorlar borligi maʼlum boʻlgach, Turkiyaga borib davolanishi tavsiya etilgan. Davolanish uchun 30 000 AQSH dollar miqdorda pul mablagʻi talab etiladi.


Domlamizni sogʻlom hayotga qaytishlari uchun oʻz hissamizni qoʻshaylik !

To'plangan mablag' : 0 so'm


Ushbu Xayriya yo'nalishi yakunlangan !

19 Noyabr