Abdullayev Erkin Irgashevich
Manzili : Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek koʻchasi, 42-uy, 5-xonadon
Bog'lanish uchun : Aksiyaga masʼul: Oybek Xushvaqov. Tel: +998-97-737-99-25 , +998-78-150-64-36
Xayriya yo'nalishi maqsadi :

                                  ﷽

Ushbu loyiha maqsadi katta mablagʻ talab etiladigan tibbiy amaliyotlarga muhtoj fuqarolarga yordam berish!

Ushbu aksiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5416 son Farmoniga asosan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash vazifasi bajarilishi yuzasidan oʻtkazilmoqda.

1963-yilda tugʻilgan Abdullayev Erkin Irgashevichning bosh miya orqa qismida 4,5 santimetrli oʻsimtani jarrohlik amaliyoti yoʻli bilan davolatish uchun moddiy yordam soʻrab murojaat yoʻllagan. Shifokorlar tomonidan Erkinjon akani imkon qadar tezroq jarrohlik amaliyotini oʻtkazish tavsiyasi berilgan. Saxiy va saxovatli insonlarni jarrohlik amaliyoti oʻtkazish uchun moddiy yordam berishga chaqiramiz.

To'plangan mablag' : 0.00 so'm


Abdullayev Erkin Irgashevich

Ushbu Xayriya yo'nalishi yakunlangan !

13 Dekabr