Hasanova Muyassar
Manzili : Toshkent shahar, Olmazor tumani
Bog'lanish uchun : Aksiyaga masʼul: Oybek Xushvaqov. Tel: +998-97-737-99-25 , +998-78-150-64-36
Xayriya yo'nalishi maqsadi :

                              ﷽

Hasanova Muyassar Rahimovna 1974-yilda tugʻilgan. Toshkent shahar, Olmazor tumanida istiqomat qiladi. Kasalining muolajasi uchun oʻzgalar koʻmagiga muhtoj. Hasanova Muyassar II guruh nogironi. 1996-yildan buyon  turli kasalliklar bilan kurashib keladi. Albatta buning uchun yuksak sabr matonat kerak. Hasanova Muyassar opaga shifokorlar tomonidan “Poliartrit revmatizm, qoʻl oyoqlari qiyshaygan, harakati sust, I darajali” tashxisi qoʻyilgan. 

Hasanova Muyassar opa Fondga murojaat qilib kelganida qilgan suhbatimiz asnosida aniq boʻldiki, hozirgi kunda oyoq va qoʻl barmoqlari qiyshayib qolgan. Harakatlanishga qiynaladi. Chap oyogʻi bukilmay qolgan. Doktorlar chap oyoq tizzasi jarrohlik amaliyotini oʻtkazish kerak deyishmoqda. 

Alloh yoʻlida jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun imkonimiz qadar koʻmak beraylik. Shifo topib ketishi uchun sababchi boʻlib Allohning ajru mukofotlariga shoshilaylik. Zero, Alloh taolo Qurʼoni Karimda shunday marhamat qiladi: 

“Bas, kim zarra ogʻirligida yaxshilik qilsa ham koʻradir”.  Zalzala surasi, 7-oyat.

To'plangan mablag' : 0.00 so'm


Ushbu Xayriya yo'nalishi yakunlangan !

2 May