QUR’ON VA TAJVIDNI O‘RGATISH KURSI TINGLOVCHILARIGA HADYALAR TOPSHIRILDI

Buvayda tumanida joylashgan Toshkent Islom instituti qoshidagi Qur’on va tajvidni o‘rgatish kursida tahsil olayotgan 110 nafar tinglovchiga «Vaqf» fondi Farg‘ona viloyati filiali tomonidan muqaddas Qur’oni karim mushaflari sovg‘a qilindi.

 

Mazkur tadbir davomida ishtirokchilar Respublikamizda diniy-ma’rifiy va ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan izchil islohotlarni e’tirof etib, Vatanimiz tinchligi va ravnaqi bardavom bo‘lishini Alloh taolodan so‘rab duoi xayrlar qildilar.

QUR’ON VA TAJVIDNI O‘RGATISH KURSI TINGLOVCHILARIGA HADYALAR TOPSHIRILDI
28 Yanvar, 2026 yil | 5