TA’LIM VA SOG‘LIQNI SAQLASH YO‘NALISHIDA HAMKORLIK

Turkiya Respublikasida sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan Janna Group hamda Hasan Kalyoncu Universitesi O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi bilan yaqin hamkorlikni o‘rnatmoqda. Yaqinda mazkur kompaniyalar vakillari Hasan O‘zkarajalar va Ehsan Kalyonji «Vaqf» xayriya jamoat fondiga tashrif buyurdi. Ularni fond boshqaruvi rahbari Jahongir Salamov kutib oldi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida kasbga yo‘naltirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini grant asosida Hasan Kalyoncu Universitesi ta’lim muassasasiga jalb qilish, shuningdek tibbiyot yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni uzviy yo‘lga qo‘yish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

TA’LIM VA SOG‘LIQNI SAQLASH YO‘NALISHIDA HAMKORLIK
30 Yanvar, 2026 yil | 5