CHЕKKA HUDUDLARDA YASHOVCHI BOQUVCHISI YO‘Q XONADONLARGA ILIQLIK OLIB KIRILDI

Qishning sovuq kunlarida kimningdir mushkulini aritish, dillarga iliqlik olib kirishdan ortiq xayrli amal bo‘lmasa kerak. Negaki, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisi vafot etgan nochor oilalar uchun bu kunlar haqiqiy sinov davri bo‘lib, ular bu paytda ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelishadi.

“Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali ana shu jihatni ehtiborga olgan holda, xayriya tadbirlari salmog‘ini har doimgidanda oshirishgan. Kecha filial xodimlari “Mehr-2020” jamoasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatining chekka hududlarida istiqomat qiluvchi, boquvchisi vafot etgan 157 ta oila holidan xabar olishdi. Bu oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, qishki kiyim-kechaklar, ko‘mir mahsulotlari va boshqa zaruriy ro‘zg‘or jihozlari taqdim qilinib, ko‘ngillari ko‘tarildi.

Xayriyalarimiz davom etmoqda.

CHЕKKA HUDUDLARDA YASHOVCHI BOQUVCHISI YO‘Q XONADONLARGA ILIQLIK OLIB KIRILDI
2 Fevral, 2026 yil | 6