Xabar qilganimizdek, Saudiya Arabistonining Podshoh Salmon ko‘mak va xayriya ishlari markazi tomonidan mamlakatimizga hadya qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini hududlar kesimida tarqatish boshlandi. Kecha xayriya qilingan oziq-ovqat mahsulotlari yuklangan yuk avtomashinalari Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida joylashgan ombordan turli hududlar bo‘ylab yo‘lga tushgandi.

Bugundan boshlab «Vaqf» xayriya jamoat fondining hududlardagi filiallarida ularni o‘z egalariga topshirish jarayoni boshlandi. Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyatlardagi boshqarmalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan tadbirlar davomida xayriya mahsulotlarining haqiqiy haqdorlarga yetib borishiga ustuvor ahamiyat berilmoqda.