NURLI HAYOT
Manzili : 100002, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko'chasi, 47-uy.
Bog'lanish uchun : Tel: +998-71-203-70-03
Xayriya yo'nalishi maqsadi :

                     ﷽

                   "VAQF" xayriya jamoat fondi
                       "N U R L I    H A Y O T"
                   xayriya aksiyasini e'lon qiladi

Ushbu aksiya 'VAQF' xayriya jamoat fondi tomonidan Respublikamizdagi ko'zi ojiz fuqarolarni diniy ma'rifiy bilimlarini oshirishga ko'maklashishda quyida ko'rsatilgan kitoblarni BRAYL yozuvida chop qilingan nusxalari bilan ta'minlash maqsadida o'tkazilmoqda.
Usbu kitoblar "O'zbekiston ko'zi ojizlar jamiyati" bosmaxonasi qoshidagi "Yog'du" nashriyotida chop etiladi va ko'zi ojiz fuqarolarga yetkazib beriladi.

Hozirda Respublikamizda 60 mingga yaqin ko'rishda nogironligi bo'lgan fuqarolar istiqomat qiladi.

Oqil kishi o'zi uchun dini va dunyosida manfaat beradigan narsalarga haris bo'ladi. Zero, hadisi sharifda shunday deyiladi:

“Sizlarning yaxshilaringiz insonlarga manfaatlirog'ingizdir.

  • "VAQF" xayriya jamoat fondi barcha fuqarolarni misoli zulmatda yurgan 
                    insonlarga nur va ziyo ulashishda musobaqalashishga chaqiradi!
Номи Ўлчов бирлиги Сони Нархи Суммаси
1 Биз ҳам намоз ўқиймиз дона 1 000   41 000   41 000 000  
2 Муаллим соний дона 1 000   72 000   72 000 000  
3 Ибодат исломия дона  500     312 000   156 000 000  
4 Брайл дафтари дона 10 000   3 000   30 000 000  
  Жами дона 12 500     299 000 000  

To'plangan mablag' : 0.00 so'm


NURLI HAYOT

Ushbu Xayriya yo'nalishi yakunlangan !

13 Mart