VAQF fondi jizzaxlik muhtoj oilaga uy qurib bermoqda

43 yoshli yolg‘iz ona, turmush o‘rtog‘i vafot etgan. Bir o‘g‘il, bir qizi bilan necha yillardan beri ijarada nochorlikda yashaydi.

VAQF fondi Jizzax viloyati filialiga qilgan murojaatiga ko‘ra, filial tomonidan ushbu oilaga, homiylar hisobidan viloyatning Paxtakor tumani, “Olmazor” QFYdan 3 sotixli yer xarid qilinib zamonaviy uy qurilishi boshlandi. Ayni damda poydevor qismi tayyor.

Mazkur xayrli ishga hissa qo'shishni istaganlar +99897 794-50-50 raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin!

VAQF fondi jizzaxlik muhtoj oilaga uy qurib bermoqda
7 Октябрь, 2021 йил | 414