"Vaqf" fondi shifoxonalarga moddiy texnik yordam ko‘rsatdi

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm ham qilmas, o‘z holiga tashlab ham qo‘ymas. Kim o‘z birodari hojati (ni ravo qilish) yo‘lida bo‘lsa, Alloh uning hojati(ni ravo qilish) yo‘lida bo‘ladi. Kim bir musulmonning g‘amini aritsa, qiyomat kunida Alloh uning g‘amlarini ketkazadi. Kim bir musulmonning aybini yashirsa, qiyomat kunida Alloh taolo uning gunohlarini yashiradi”.

 

Joriy yilning 20 iyun kuni Namangan viloyatida o‘tkazilgan "Muruvvat karvoni" aksiyasi doirasida "Vaqf" xayriya jamoat fondi o‘zgalar yordamiga muhtoj, bemor va nochor vatandoshlarimizning mushkullarini oson qilish maqsadida viloyat "Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi"ga tashrif buyurib nogironligi bor bo‘lgan insonlarga mo‘ljallangan 3 ta aravacha xayriya qildi. Shuningdek Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam Markazi Namangan viloyat filialiga ham bemorlarga qulaylik yaratish maqsadida 3 ta aravacha taqdim etildi. Ushbu aravachalar shifoxonalarda davolanayotgan bemor vatandoshlarimiz uchun xizmat qiladi.

 

Aziz saxovatpesha vatandoshlar, "Vaqf" xariya jamoat fondi sizlarni muhtojlar ko‘nglini shod etib Alloh taoloning roziligiga erishish yo‘lida fond bilan hamkorlik qilishga chorlab qoladi. Unutmang "Vaqf" fondi xayru ehsonlaringizni o‘z egalariga topshirishda shaffoflik va ochiqlikni kafolatlaydi.

 

 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi matbuot xizmati

21 Iyun, 2019 yil | 998