XUSHXABAR: VAQF FONDI YANA BITTA OILAGA UY XAYRIYA QILDI

Vaqf fondi Xorazm viloyati filiali tomonidan, homiylar ko‘magida ko‘p yillardan beri 3 ta farzandi bilan eski xarobalarda ijarada yashab kelayotgan 1- guruh nogironi bo‘lgan hamyurtimizga qiymati 400 000 000 so‘mlik 4 xonali uy Ramazon tuhfasi sifatida xayriya qilindi.

Murg‘ak bolajonlar va oilaning quvonchi bardavom bo‘lsin!

Mazkur xayriyaga hissa qo‘shgan insonlarni Alloh taolo mukofotlasin!

20 Aprel, 2023 yil | 167