BOLAJONLAR UCHUN KATTA BAYRAM!


Bugun, “Anhor sayli” bog’ida Vaqf fondi tomonidan homiylar bilan hamkorlikda, boquvchisi yo’q, yetim bolalar, nogironligi bor bo’lgan bolajonlar hamda diniy soha xodimlarining farzandlari uchun “RAMAZON HAYITI” bayrami munosabati bilan katta bayram tashkil etildi.

Tadbir davomida qo’g’irchoq teatri va sirk tomoshalari taqdim etilib bolajonlarga bir olam quvonch ulashildi…

Bayram dasturi davomida homiylarimiz “TOY BOLA” o’yinchoqlar korxonasi, “AMIN” o’yinchoqlar do’koni, “SARIQ BOLA PIZZA” pitsa markazi, “OQ TEPA LAVASH” taomlari va bosh homiy “ANHOR SAYLI” bog’i tomonidan bolajonlarga shirinliklar, o’yinchoqlar, atraksionlar uchun bepul vaucher va boshqa sovg’alar hadya qilindi.

23 Aprel, 2023 yil | 188