Angrenda ko’ngli yarim hamyurtlarimiz uchun xayriya tadbiri o’tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda “Vaqf” fondi hamkorligida, fondning Toshkent viloyati filiali tomonidan eshitish va so‘zlashishda imkoniyati cheklangan fuqarolar orasida missionerlik holatlarini oldini olish maqsadida “Siz bizga keraksiz” shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi M.Abubakirova, Angren shahar bosh imomi va “Vaqf” xayriya jamoat fondi viloyati filiali xodimlari, 100 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbir davomida imkoniyati cheklangan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi va osh dasturxoni yozildi.

Shuningdek bir nafar hamyurtimizga fond tomonidan nogironlik aravachasi xayriya qilindi.

Angrenda ko’ngli yarim hamyurtlarimiz uchun xayriya tadbiri o’tkazildi
7 May, 2023 yil | 165