Farg'onada "Siz bizga keraksiz" tadbiri o'tkazildi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash Vaqf xayriya jamoat fondining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur vazifa yuzasidan fond tomonidan doimiy ravishda salmoqli va keng ko'lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 

Mana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 14-may sanasida fondning Farg'ona viloyati filiali tomonidan tashkil etildi. "Siz bizga keraksiz" shiori ostida o'tkazilgan mazkur tadbirda O'zbekiston Musulmonlari idorasi mutaxassisi M.Abubakirova, Farg'ona viloyat vakilligi xodimlari, fondning viloyat filiali jamoasi hamda 250 nafar eshitish va gapirishda nuqsoni bor bo'lgan hamyurtlarimiz ishtirok etishdi. 

Tadbirdan ko'zlangan maqsad nogironligi bor bo'lgan hamyurtlarimiz qalbiga quvonch ulashish hamda missionerlikning oldini olishga qaratilgan bo'lib, shu mavzuda mutasaddilar tomonidan yig'ilganlarga atroflicha tushunchalar berildi. 

Tadbir davomida xayriya dasturxoni yozilib 250 nafar kar va soqov hamyurtlarimizga oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi. 

"VAQF" XJF matbuot xizmati

Farg'onada
14 May, 2023 yil | 228