Urganchdagi madrasada "ENG YAXSHI KITOBXON TALABA" tanlovining saralash bosqichi bo'lib o'tdi

"Imom faxriddin ar-Roziy" oʻrta-maxsus islom taʼlim muassasasida "Eng yaxshi kitobxon talaba" koʻrik tanlovining saralash bosqichi oʻtkazildi. Tanlovda madrasa talabalari 3 ta shart boʻyicha bellashdi. Yakuniy ballarga ko’ra 1- o'rinni 1-kurs talabasi Ismailov Hadyatullo, 2-o'rinni 3-kurs talabasi Nazrullayev Sirojiddin va 3-o'rinni 3-bosqich talabalari Umarov Saida'zamxon va Rasulov Shariflar egallashdi. G'oliblarga VAQF fondi Xorazm viloyati filiali tomonidan 4 mln, 3 mln va 2 mln so’m miqdorida pul mukofoti va esdalik sovg'alar berildi.

Urganchdagi madrasada
20 May, 2023 yil | 216