Qashqadaryoda "Siz bizga keraksiz" tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi hamkorligida Vaqf fondi tomonidan yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilib kelinayotgan, gapirish va eshitishda nuqsoni bor bo‘lgan, ko‘ngli yarim, ko‘makka muhtoj hamyurtlarimiz uchun "Siz bizga keraksiz" xayriya tadbirining navbatdagisi Qashqadaryo viloyati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi mutaxassisi M.Abubakirova, viloyat vakilligi xodimlari, fondning viloyat filiali jamoasi hamda 125 nafar gapirish va eshitishda nuqsoni bor bo‘lgan (kar-soqov) fuqarolar ishtirok etishdi.

Tadbir kerakli maʼruzalar, savol-javoblar va ko‘rgazmali taqdimotlarga boy tarzda o‘tkazildi. Tadbir davomida 125 nafar hamyurtlarimizga 18 900 000 so‘mlik oziq-ovqatlari xayriya qilindi.

Shuningdek osh dasturxoni yozilib, xalqimiz farovonligi va davlatimiz ravnag‘i uchun duolar qilindi.

Qashqadaryoda
22 May, 2023 yil | 183