Podshoh Salmon insonparvarlik markazi hamda Vaqf fondining navbatdagi hamkorlik loyihasi

 

 

6-iyun kuni Saudiya Arabistoni podsholigining O’zbekistondagi elchisi Yusuf al–Utaybiy podshoh Salmon nomidagi yordam va insonparvarlik ishlari markazi delegatsiyasi aʼzolari hamda O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Uyg’un G’ofurov, “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruv rahbari vazifasini bajaruvchi Ziyovuddin Mirsodiqov o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat tomonidan olib borilayotgan do’stona hamkorlik loyihalari haqida samimiy so’z yuritildi. 

Tadbir so’ngida Saudiya Arabistoni podsholigi xayriya tashkiloti tomonidan mamlakatimizdagi ijtimoiy ko’makka muhtoj aholi vakillari va diniy soha xodimlari uchun xurmo mahsulotlari VAQF fondiga taqdim etildi.

Podshoh Salmon insonparvarlik markazi hamda Vaqf fondining navbatdagi hamkorlik loyihasi
6 Iyun, 2023 yil | 296