XAYRLI AMALLAR DAVOM ETADI

“Vaqf” xayriya jamoat fondining Toshkent viloyati filiali vakillari homiylarni jalb qilgan holda hududdagi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga imkoniyat darajasida moddiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatib kelmoqda. Xususan, yaqinda filial vakillari Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi 10 nafar ehtiyojmand aholi vakillariga 1 mln. 750 ming soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etishdi.

Shu kuni Zangiota ziyoratgohida filial va homiylar tomonidan 50 kishilik iftorlik dasturxoni ham yozildi. Bu xayrli ishlar Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Toshkent viloyati vakilligi xodimlari va homiylar bilan hamjihatlikda amalga oshirildi.

XAYRLI AMALLAR DAVOM ETADI
19 Mart, 2024 yil | 56