100 TA OILAGA RAMAZON HADYALARI TARQATILDI

Oxirlashib borayotgan Ramazon oyining soʻnggi kunlarida joylarda ehtiyojmand, nogironligi bor oilalardan xabar olish, ularga moddiy-maʼnaviy yordam berish bilan bogʻliq xayr-ehson tadbirlari koʻlami ham oshib boryapti. Xususan, “Vaqf” xayriya jamoat fondining Andijon viloyati filiali tomonidan bu borada koʻplab xayrli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

 

Yaqinda filial xodimlari Paxtaobod tumanidagi oʻnga yaqin mahalla fuqarolar yigʻini hududlarida istiqomat qilib kelayotgan kam taʼminlangan, nogironligi bor xonadonlarda boʻlishib, ularning yashash sharoiti bilan tanishishdi. Ramazon hadyalari sifatida hududlarda yashovchi boquvchisi yoʻq, nogironligi bor ana shunday 100 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

100 TA OILAGA RAMAZON HADYALARI TARQATILDI
2 Aprel, 2024 yil | 55