FOND MUSOBAQAGA HOMIYLIK QILDI

Farzandlarimizning har jihatdan bilimli, aqlli va sogʻlom boʻlishi mamlakatimiz taraqqiyoti garovidir. Shuning uchun ham yurt taqdiri, kelajagiga befarq boʻlmagan har qanday davlat ilmga, oʻsib kelayotgan avlodning barkamol voyaga yetishiga katta eʼtibor qaratadi.

Yaqinda ana shunday bilimli va zukko bolalar mental arifmetika boʻyicha “UstozPro sertifikatsiya olimpiadasi-2024” musobaqasining final bosqichida oʻz salohiyatini sinovdan oʻtkazishdi. Musobaqaga “Vaqf” xayriya jamoat fondi homiylik qilgan holda bolajonlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab, ularga turli kitoblarni sovgʻa qilishdi.

 

Kam taʼminlangan, ehtiyojmand, nogironligi bor oilalar farzandlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga, ularning taʼlim olishi va kasb-hunarli boʻlishiga siz ham hissa qoʻshing.

PAYME, CLICK, PAYNET ilovalari orqali telefoningizdan juda oson ehson qiling.

10 Iyun, 2024 yil | 22