O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tasarrufidagi Chirchiq shahrida joylashgan 23-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan xayriya tadbiri bolajonlar yodida ancha vaqt esda qoladigan bo‘ldi.
«Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan «Bizning bolalar – baxtli bolalar!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolajonlar va ularning ota-onalari, tarbiyachilar ishtirok etdi. Tadbirga Toshkent davlat sirki jamoasining bir-biridan qiziq tomoshalari, multfilm qahramonlarining chiqishlari, san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Bolajonlar bayramni zo‘r xursandchilikda nishonlagan bo‘lsa, tadbir so‘nggida homiylar tomonidan ajratilgan sovg‘a-salomlarga ega chiqishdi.