«Vaqf» xayriya jamoat fondining Farg‘ona viloyati filiali tomonidan ham 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Filalning ijtimoiy loyihalar bo‘yicha doimiy hamkori bo‘lgan Ko‘zi ojizlar jamiyatining Farg‘ona viloyati bo‘limi tashabbusi bilan tashkilllashtirilgan, Farg‘ona shahridagi «Vodiy» bazmgohida bo‘lib o‘tgan tantanali bayram tadbirida ko‘p yillardan buyon bolajonlarga taʻlim-tarbiya berib kelayotgan o‘qituvchilar, nafaqadagi ustozlarga izzat-hurmat ko‘rsatildi. Bir necha homiy tashkilotlar tomonidan bayramona to‘kin dasturxon tuzalib, ustoz-pedagoglarga ezgu tilaklar bildirildi. Bayram bilan samimiy qutlandi.
Bayram so‘nggida Ko‘zi ojizlar jamiyatning 210 nafardan ziyod ustoz va murabbiylariga «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filiali tomonidan maxsus bayram sovg‘alari topshirildi.
Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz ustozlar!