Saudiya Arabistoni Podshohligining Podshoh Salmon ko‘mak va xayriya ishlari markazi tomonidan respublikamizdagi ehtiyojmand, kam taʻminlangan, ayniqsa nogironligi bor oilalar uchun xayriya qilingan oziq-ovqat mahsulotlarni respublika bo‘ylab o‘z egalariga yetkazish ishlari nihoyasiga yetmoqda. Xayriyalarning haqiqiy haqdorlarga yetib borishida fondning hududiy filiallari xodimlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining joylardagi boshqarma va bo‘limlari, «Inson» ijtimoiy markazi vakillari, volontyorlar bilan hamkorlikda tizimli faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Tashkilotchilar, volontyorlar xayriya mahsulotlarini imkoni boricha chekka-chekka hududlarda istiqomat qilayotgan kam taʻminlangan oilalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj insonlarga yetkazishmoqda. Bu ezgu tashabbusdan, Ramazan tuhfalaridan Qoraqlpog‘iston Respublikasining olis tumanlari aholisi, Farg‘ona viloyatining anklav hududlari bo‘lmish So‘x tumani, Shohimardon va Cho‘ng‘ara qishloqlari aholisi ham birdek bahramand bo‘lishdi. Shu kungacha oziq-ovqat mahsulotlari respublikamizning barcha tumanlaridagi haqdor oilalarga yetkazilib, ularning duolari olindi.
Saxovat va mehr-muruvvat tadbirlari davom etmoqda.