Vaqf xayriya jamoat fondi ikki kunda 75 mln so‘m zakot mablag‘larini o‘z egalariga yetkazdi

Vaqf xayriya jamoat fondi 18 va 19 iyun kunlari jami hisobda 75 149 000 (yetmish besh million bir yuzi qirq to‘qqiz ming) so‘m zakot mablag‘larini shariatda ko‘rsatilgan o‘rinlarga yetkazdi.

Zakot mablag‘lari muhtoj, bemor, uysiz, qarovchisi yo‘q yoshi ulug‘larga, jami 59 kishiga naqd pul yoki plastik karta orqali berildi.

Umumiy hisobda shu kungacha 134 933 000 so‘m zakot mablag‘i 102 kishiga taqsimlab berildi. Zakot mablag‘larini tarqatish ishlari davom etmoqda.

“Vaqf” xayriya jamoat fondiga quyidagi vositalar orqali pul o‘tkazish mumkin:

1.Click, PayMe, MBank, UPay mobil to‘lov ilovalari orqali:

Click orqali *880*1100# -ni terish yoki Click Uzbekistan ilovasi va @Clickuz telegram boti orqali;

Vaqf.uz veb-saytidagi “onlayn ehson”-ga kirib, o‘z plastik kartangiz ulangan mobil to‘lov ilovalari orqali;

2.Jismoniy shaxslar tomonidan bank kassalari orqali naqd pul topshirish va plastik kartalaridan fond maxsus xisob varaqlariga to‘lash orqali;

3.Barcha tijorat banklari infokiosklari orqali naqd pul va plastik kartalardan (“Vaqf” fondi maxsus xisob varaqlari interfeysga kiritilgan) to‘lash orqali;

4.Yuridik shaxslar tomonidan “Xayriya” va “Vaqf” maxsus xisob varaqlariga fond loyiha va maqsadlarini quvvatlash va “vaqf qilish” to‘g‘risidagi shartnoma orqali;

5.Yuridik shaxslar tomonidan “Zakot”, “Xayriya” va “Vaqf” maxsus xisob varaqlariga o‘z xodimlarining oylik ish xaqlari va korxona ta’sischilarining dividendlari xisobidan to‘lov qilish orqali;

BANK RЕKVIZITLARI:

“Vaqf” xayriya jamoat fondi, STIR/INN 207276595

ATIB “Ipoteka-bank” Yunusobod filiali, MFO 00837,

So‘mda:

h/r: 20212000000881753002 “Xayriya” uchun;

h/r: 20212000100881753003 “Zakot, fitr, ushr, fidya” uchun;

h/r: 20212000300881753004 “Vaqf” qilish uchun.

h/r 20212000500881753005 “Masjid” (masjidlar uchun)

AQSH dollarida:

acc. 20212840600881753002 in “IPOTEKA-BANK”, Unus abad branch,

branch code 00837, SWIFT UZHOUZ22, Addres: Uzbekistan, Tashkent city, Amir Temur 89

Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarining pul mablag‘larini yoki moddiy qimmatliklarini fondga berishlari, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish tarzidagi ixtiyoriy xayr-ehson qilish to‘g‘risidagi shartnomaga asosan amalga oshirilishi mumkin.

21 Iyun, 2018 yil | 1686