Vaqf qilingan kitoblar Quva va Rishton tumanidagi masjidlarga yetkazildi

14 iyul kuni “Masjid va madrasalar uchun kitob aksiyasi” doirasida Farg‘ona viloyatining Quva tumanidagi 8 ta masjidga va Rishton tumanidagi 9 ta masjidga jami hisobda 26 mln so‘mlik 42 turdagi 750 ta kitob yetkazib berildi.

Masjidlarning har biriga yurtimizda nashr etilgan “Muallimi soniy” kitobi uch donadan, “Bir vijdon uyg‘onur”, “Men ham namoz o‘qiyman”, “Odam ato va Momo havo”, “Hazrati Nuhning kemasi va to‘fon voqeasi” kitoblari ikki donadan, “Qur’oni karim”, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub, “Odoblar xazinasi” to‘plami, “Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sodiq Muhammad sodiq”, “Amallar niyatga bog‘liq”, “Bozor va unga bog‘liq masalalar” “Din nasihatdir”, “Yengil amallar”, “Zikr ahlidan so‘rang” kitobining 2, 5, 7-qismlari, “Oltin silsila” 2, 3, 5, 6-juzlari, “Halol ochiq - oydindir, harom - ochiq oydin”, “Mo‘minning me’roji”, “ Bozor va unga bog‘liq masalalar”, “Din nasihatdir”, “Isrof”, “Qarz va unga bog‘liq masalalar”, “Sog‘lom bola”, “Tasavvuf haqida tasavvurlar”, “Zuhd va hayo” va “Ochiq xat” kitoblari bir donadan Alloh yo‘lida vaqf mulki qilib berildi.

 

Undan tashqari “O‘kinma”, “Ihyo ulumiddin”, “Qarz”, “G‘iybat

o‘zi nima?”, “Qur’on qalblar shifosi” “Yengil amallar”, “Nurul basar”, “Dunyo va din odobi” “Ahmad Lutfiy Qozonchi”, “Bir vijdon uyg‘onur” kabi kitoblar ham masjidlarga taqdim etildi.

Aksiyaning ikkinchi bosqichida mablag‘larini vaqf qilgan yoki aksiyani ulashib bo‘lsada yordam bergan barchaga rahmat deb qolamiz.

Faol bo‘laylik! To‘plangan mablag‘lar evaziga viloyatlardagi masjidlarga kitoblar olinadi va Alloh yo‘lida vaqf qilinadi. Alloh yo‘lida vaqf qilish imkonini qo‘ldan boy bermaylik, Allohning uylarini ilmu ma’rifatga to‘ldiraylik!

Eslatib o‘tamiz, yig‘ilgan mablag‘lar evaziga O‘zbekistondagi barcha masjidlarga Qur’oni karim va shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub diniy-ma’rifiy kitoblar yetkazib berish hamda namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida masjidlarda bepul onlayn kutubxona tashkil etish rejalashtirilgan.

So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):

8600 3104 5763 1232 (Bakiyev Hakim nomida)

Murojaat uchun telefon:

+998974490456 (Temurbek)

+998909074554 (Shavkatbek

16 Iyul, 2018 yil | 2351