Vaqf qilingan kitoblar Toshkent viloyatidagi masjidlarga yetkazildi

Masjidlarning har biriga yurtimizda nashr etilgan “Muallimi soniy”, “Hazrati Nuhning kemasi va to‘fon voqeasi” kitoblari va tasbehlar ikki donadan, “Qur’oni karim”, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub, “Odoblar xazinasi” to‘plami, “Islom tarixi” to‘plami, “Hadis va hayot” kitobidan 9 ta juz, “Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sodiq Muhammad sodiq”, “Baxtiyor oila”, “Amallar niyatga bog‘liq”, “Zikr ahlidan so‘rang” kitobining 2, 5-qismlari, “Oltin silsila”1,3, 4, 6-juzi, “Sog‘lom bola”, “Tasavvuf haqida tasavvurlar”, “Bozor va unga bog‘liq hukmlar” kitoblari bir donadan Alloh yo‘lida vaqf mulki qilib berildi.

Undan tashqari “G‘iybat o‘zi nima?”, “Qur’on qalblar shifosi” “Yengil amallar”, “Dunyo va din odobi”, “Osonlashtirilgan tajvid qoidalari”, “Men ham namoz o‘qiyman”, “Gunohi kabiralar”, “Umrning bir lahzasi”, ”Hanafiy fiqhidan savollar”, kabi kitoblar ham masjidlarga taqdim etildi.

Aksiyaning to‘rtinchi bosqichida mablag‘larini vaqf qilgan yoki aksiyani ulashib bo‘lsada yordam bergan barchaga rahmat deb qolamiz.

Faol bo‘laylik! To‘plangan mablag‘lar evaziga viloyatlardagi masjidlarga kitoblar olinadi va Alloh yo‘lida vaqf qilinadi. Alloh yo‘lida vaqf qilish imkonini qo‘ldan boy bermaylik, Allohning uylarini ilmu ma’rifatga to‘ldiraylik!

Eslatib o‘tamiz, yig‘ilgan mablag‘lar evaziga hozirgi kungacha 92 ta masjid ulamolar tomonidan yozilgan eng sara asarlar bilan ta’minlandi. Siz ham ushbu aksiyani qo‘llab-quvvatlang!

Pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):

8600 3104 5763 1232 (Bakiyev Hakim nomida)

Murojaat uchun telefon:

+998909074554 (Shavkatbek)

+998974490456 (Temurbek)

25 Iyul, 2018 yil | 2167