“Siz bizga keraksiz!” tadbiri Qoraqalpog'istonda

“Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali tomonidan “Siz bizga keraksiz!” shiori ostida eshitish va gapirish imkoniyati cheklanganlar va muxtoj oilalar uchun xayriya tadbiri o'tkazildi.

Tadbir davomida yuz nafardan ortiq gapirish va eshitish imkoniyati cheklangan, nogironligi bo'lgan shaxslarga xayriya dasturxoni yozildi. Ularning har biriga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

“Siz bizga keraksiz!” tadbiri Qoraqalpog'istonda
14 Oktyabr, 2021 yil | 404