Ko‘kaldosh madrasasiga 46 204 800 so‘mlik muhim darsliklar xayriya qilindi

Diniy taʼlim muassasalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab quvvatlash Vaqf fondining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu borada fond tomonidan ko‘plab samarali xayriya tadbirlari amalga oshirildi.

Mana shunday savobli ishlarning navbatdagisi Toshkent shahridagi “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurtida bo‘lib o‘tdi.Joriy yilning 17 noyabr kuni mazkur madrasada taʼlim olayotgan talabalar uchun zaruriy o‘quv adabiyotlari va diniy-maʼrifiy mazmundagi jami qiymati 46 204 800 so‘mlik, 1859 dona kitoblar fond tomonidan taʼlim muassasasi kutubxonasiga xayriya qilindi. Ushbu xayriyaga hissa qo‘shgan barcha yurtoshlarimizni Alloh taolo mukofotlasin!

 

VAQF xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati rahbari

Ko‘kaldosh madrasasiga 46 204 800 so‘mlik muhim darsliklar xayriya qilindi
18 Noyabr, 2021 yil | 197