Namanganlik 63 yoshli onaxonga nogironlik aravachasi xayriya qilindi

2 dekabr kuni, Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi 1958 yilda tug‘ilgan 2-guruh nogironi, Fotimaxon aya Usmonovaning xonadoniga VAQF fondi xodimlari tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida onaxonga nogironlik aravachasi va oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi.

Alloh taolo barcha dardman hamyurtlarimizga shifo bersin!

Namanganlik 63 yoshli onaxonga nogironlik aravachasi xayriya qilindi
3 Dekabr, 2021 yil | 417