Jizzaxda, O'zbekiston va Turkiya vaqf tashkilotlari hamkorligida xayriya tadbiri o'tkazildi

O'zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Vaqf xayriya jamoatfondi hamda Turkiyaning Aziz Mahmud Hudoyi vaqfi hamkorligida xayriya tadbirlari o'tkazilayotganligi haqida xabar bergan edik. 

16 yanvar kuni mazkur xayriya tadbiri Jizzax viloyatida ham o'tkazildi.

Tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bor 100 nafar oilalar uchun xayriya osh dasturxoni tashkil etilib, ma'rifiy suhbatlar ham o'tkazildi. Tadbir so'ngida 100 nafar oilaning xar biriga oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi.

VAQF xayriya jamoat fondi matbuot xizmati

Jizzaxda, O'zbekiston va Turkiya vaqf tashkilotlari hamkorligida xayriya tadbiri o'tkazildi
16 Yanvar, 2022 yil | 345