Jizzaxda og‘ir sharoitli oilalarga 2 tonna ko‘mir va pechlar xayriya qilindi

Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani Qulfisar MFY aholisi 2006-yildan beri gaz tarmog‘idan uzilib qolgan.

Vaqf xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan hududdagi moddiy ahvoli og‘ir 11 ta xonadonga 2 tonna ko‘mir, 5 ta xonadonga elektr isitish pechi hamda oziq-ovqat mahsulotlari, fondining Jizzax filiali xodimlari tomonidan xayriya qilindi.

Shuningdek, elektr tarmoqlaridan qarzdorligi bor bo‘lgan 5 ta xonadonning qarzdorligi fond tomonidan to‘lab berildi.

Jizzaxda og‘ir sharoitli oilalarga 2 tonna ko‘mir va pechlar xayriya qilindi
29 Yanvar, 2022 yil | 367