Qoraqalpog‘istonlik muhtojlarga oziq-ovqatlar ehson qilindi

Vaqf xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida, nochor, ijtimoiy ko'makka muhtoj, nogironligi bor bo'lgan oilalar hamda temir daftarda turgan oilalarga oziq-ovqatlar xayriya qilindi. Jumladan, Nukus shahridan 30 ta va Xo‘jayli tumanidan 50 ta jami 80 ta oilaning har biriga 600 000 so‘mlik, umumiy hisobda 48 000 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi.

Alloh taolo O'zining Kalomida "Kimki bir yaxshilik qilsa, u (yaxshilikning mukofoti)ni ko'radi" ("Zalzala" surasi, 7-oyat), deya marhamat qilgan. Sahovatpesha homiylarimizning Alloh taolo rizoligi uchun qilgan har bir ehsonlarini O'zi dargohida qabuli maqbul aylasin.

Siz ham yaxshilik qilishga shoshiling! Zero, Alloh taolo Qur'oni karimning Oli Imron surasining 92-oyatida: “Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha sira yaxshilikka (jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir”, deya marhamat qilgan.

 

Qilingan xayru ehsonlarni Alloh o'z dargohida qabul qilsin.

 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

Qoraqalpog‘istonlik muhtojlarga oziq-ovqatlar ehson qilindi
28 Yanvar, 2022 yil | 419