Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida muhtoj oilalarga quvonch ulashildi

Avval xabar qilganimizdek, VAQF xayriya jamoat fondi, Turkiya davlatining Aziz Mahmud Hudoyi vaqfi bilan hamkorlikda, mamlakatimiz bo‘ylab ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar uchun xayriya tadbirlarini amalga oshirmoqda. Bugun, 24 fevral kuni, mazkur tadbirlarning navbatdagisi, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatlarida ham bo‘lib otdi.

Tadbir davomida har bir viloyatdan 100 nafar jami 200 nafar oilalarning har biriga oziq-ovqatlar xayriya qilindi.

Yurishga qiynaladigan, imkoniyati cheklangan, boquvchisi yo‘q oila xonadonlariga oziq-ovqatlar yetkazib berildi.

Xayriya tadbirlari davom etadi...

VAQF xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida muhtoj oilalarga quvonch ulashildi
24 Fevral, 2022 yil | 446