"Ularning niyati dindan chiqarish..."

Keyingi vaqtlarda yurtdoshlarimizni buzg'unchilik, qo'poruvchilik, missionerlik singari guruhlar fitnasidan ogohlantirish niyatida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. 

Mana shunday tadbirlardan biri o‘zbekiston musulmonlari idorasi, VAQF xayriya jamoat fondi hamkorligida respublikamiz bo‘ylab amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, joriy yilning 26 fevral kuni o‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakilligi, VAQF xayriya jamoat fondi viloyat filiali bilan hamkorlikda "Siz bizga keraksiz" shiori ostida "Missionerlikdan ogoh bo‘ling" mavzusida xayriya tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbirda vakillik va filial xodimlari, 100 nafardan ortiq eshitish va gapirishda nuqsoni bor fuqarolar va mehmonlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida yig‘ilganlarga missionerlikning og‘ir oqibatlari, yovuz g‘oyalari haqida maʼruza qilindi va fond tomonidan hadyalar ulashilib, osh dasturxoni yozildi.

VAQF XJF Matbuot xizmati

28 Fevral, 2022 yil | 582