Gapirish va eshitish ham bebaho ne'mat

Joriy yilning 5 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan Navoiy viloyatidagi 130 nafar imkoniyati cheklangan, eshitish va so‘zlashishda nuqsoni bor fuqarolar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Navoiy viloyati vakilligi diniy xodimlari, Karmana tumani bosh imom xatibi, Vafq xayriya jamoasi va otinoyilar qatnashishdi. Tadbirda maʼruzachilar tomonidan “Missionerlikdan ogoh bo‘ling” mavzusida keng tushunchalar berildi.

Tadbir doirasida imkoniyati cheklangan hamyurtlarimizga “Vaqf” jamoat fondi tomonidan osh dasturxoni tashkil etilib, imkoniyati cheklangan hamyurtlarimizning duolari olindi.

VAQF XJF Matbuot xizmati

Gapirish va eshitish ham bebaho ne'mat
5 Mart, 2022 yil | 581